platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekiston va Xitoy statistikasidagi gaz eskportidagi farq qanday kelib chiqmoqda?

Oʻzbekiston va Xitoy statistikasidagi gaz eskportidagi farq qanday kelib chiqmoqda?
Muhokamalarga sabab boʻlayotgan ushbu savolga Oʻzbekiston energetika vaziri Joʻrabek Mirzamahmudov javob berdi. Uning bildirishicha, Oʻzbekiston va Xitoy statistika idoralari raqamlarni ikki xil usulda qayd etadi. "Tan olish kerak, ikki mamlakatning statistik hisobotlarida farq bor. Sababi, bizning statistikada faqatgina eksport qilingan gazning hajmi va uning summasi koʻrsatilgan. Xitoy tarafi esa, umuman Oʻzbekistondan import qilingan tovar va mahsulotlar xizmatlarini inobatga olgan. Va bu yerda Oʻzbekistondan eksport qilingan gazdan tashqari, Oʻzbekiston hududidan Turkmanistondan tortib Xitoygacha ketgan gaz quvuri bor. Bizning hududda "Asia Trans Gas" qoʻshma korxonasi bor. Ushbu korxona gaz transportini amalga oshirib beradi. Yaʼni, Oʻzbekiston hududidan transport qilingan gaz va tranzit xizmatlari uchun toʻlangan pul. Mana shu ikkita summani qoʻshganda Xitoy statistikasi bergan raqam kelib chiqadi", — deya tushuntirish berdi Oʻzbekiston energetika vaziri.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid