platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekiston oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash uchun 100 million dollar oladi

Oʻzbekiston oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash uchun 100 million dollar oladi
Germaniyaning meva-sabzavotlar xalqaro savdosiga ixtisoslashgan «Fruchtportal.de» elektron jurnalida Oʻzbekiston rahbariyatining mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash borasidagi saʼy-harakatlariga bagʻishlangan maqola chop etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.
“OPEK xalqaro taraqqiyot jamgʻarmasi va Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi (ITFC) Oʻzbekistonga asosiy qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini xarid qilish uchun 100 million dollar mablagʻ ajratadi. Mutaxassislarning fikriga koʻra, mazkur tashkilotlarning har birining hissasi 50 million dollarni tashkil etadi”, deb yozadi nemis elektron nashri. “Fruchtportal” maʼlumotlariga koʻra, “Oʻzbekiston don, sabzavot va shakar kabi asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining sof importchisi hisoblanadi. Mamlakatga yetkazib beriladigan ushbu oziq-ovqat mahsulotlarining deyarli 40 foizi Qora dengiz mintaqasidan keltiriladi. Bundan tashqari, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash masalasi global vaziyat, oziq-ovqat va xom ashyo narxlarining koʻtarilishi sharoitida juda muhimdir”.
Ekspertlarning fikricha, meva-sabzavot segmentida kartoshka Oʻzbekistonning eng yirik import pozitsiyasi boʻlib, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashda muhim ahamiyatga ega. Taʼkidlanganidek, taqdim etilayotgan moliyaviy yordam Oʻzbekiston oziq-ovqat bozorini zarur tovarlar bilan arzon narxlarda barqaror taʼminlashga xizmat qiladi. Shuningdek, maqolada 2022 yil iyun oyida OPEK jamgʻarmasi 2022-2025 yillarga moʻljallangan 1 milliard AQSh dollari miqdoridagi oziq-ovqat xavfsizligi boʻyicha Harakatlar rejasini eʼlon qilgani aytiladi. Hujjatda asosiy turdagi oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari importini moliyalashtirish nazarda tutilgan boʻlib, shu orqali hamkor mamlakatlarda oʻrta va uzoq muddatli istiqbolda barqaror oziq-ovqat taʼminotini yaxshilashga hissa qoʻshish maqsad qilingan.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid