platina.uz
Jamiyat

2023 yildagi qoʻshimcha dam olish kunlari belgilandi

2023 yildagi qoʻshimcha dam olish kunlari belgilandi
2023 yildagi qoʻshimcha dam olish kunlarini belgilash boʻyicha Prezident farmoni eʼlon qilindi. Unga koʻra, 2023 yilning quyidagi kunlari ish haftasining turidan qatʼi nazar barcha xodimlar uchun qoʻshimcha dam olish kuni boʻladi:
  • 2 yanvar – dushanba;
  • 30 iyun – juma.
Olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun qoʻshimcha dam olish kunlari:
  • 3 yanvar – seshanba;
  • 20 mart – dushanba;
  • 22 mart – chorshanba;
  • 24 aprel – dushanba;
  • 1 iyul – shanba;
  • 2 sentabr – shanba;
  • 30 dekabr – shanba.
Besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kunlari quyidagi tartibda koʻchiriladi:
  • 7 yanvar – shanba kunidan 3 yanvar – seshanba kuniga;
  • 11 mart – shanba kunidan 20 mart – dushanba kuniga;
  • 25 mart – shanba kunidan 22 mart – chorshanba kuniga;
  • 29 aprel – shanba kunidan 24 aprel – dushanba kuniga.
Eslatib oʻtamiz, yangi Mehnat kodeksiga asosan, ishlanmaydigan bayram kuni yakshanbaga toʻgʻri kelgan taqdirda, ishlanmaydigan kunni dushanbaga koʻchirish belgilangan.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid