platina.uz
Jamiyat

2023 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida Prezident farmon imzolandi

2023 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida Prezident farmon imzolandi
2023 yilda quyidagi qoʻshimcha dam olish kunlari belgilansin: barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qatʼi nazar): 2 yanvar – dushanba, 30 iyun – juma; olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun: 3 yanvar – seshanba, 20 mart – dushanba, 22 mart – chorshanba, 24 aprel – dushanba, 1 iyul – shanba, 2 sentabr – shanba, 30 dekabr – shanba. Oʻzbekiston Respublikasining 2022 yil 28 oktabrdagi OʻRQ–798-son Qonuni bilan tasdiqlangan Mehnat kodeksining 208-moddasiga muvofiq: ishlanmaydigan bayram kuni hisoblanuvchi “1 oktabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni” 2023 yilda yakshanba – dam olish kuniga toʻgʻri kelganligi munosabati bilan ushbu dam olish kuni 2023 yil 2 oktabr – dushanba kuniga koʻchirilishi; bunda ishlab chiqarish-texnik va tashkiliy sharoitlar (mavjud uzluksiz ishlab chiqarish, aholiga har kuni xizmat koʻrsatish, navbatchilik asosida ishlash va boshqalar) tufayli ishlanmaydigan bayram kunlari toʻxtatib qoʻyish mumkin boʻlmagan ishlarni bajarishda dam olish kunlari koʻchirilmasligi maʼlumot uchun qabul qilinsin. ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kunlari quyidagi tartibda koʻchirilsin: 7 yanvar – shanba kunidan 3 yanvar – seshanba kuniga; 11 mart – shanba kunidan 20 mart – dushanba kuniga; 25 mart – shanba kunidan 22 mart – chorshanba kuniga; 29 aprel – shanba kunidan 24 aprel – dushanba kuniga.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid