platina.uz
Jamiyat

Uzbekiston-Qozogʻiston: oliy taʼlim va undan keyingi taʼlim sohasidagi hamkorlik jadallashadi

Uzbekiston-Qozogʻiston: oliy taʼlim va undan keyingi taʼlim sohasidagi hamkorlik jadallashadi
Uzbekiston va Qozogʻiston rahbarlarining kengaytirilgan muzokaralari yakunida ikki davlat urtasida turli sohalardagi kelishuv va shartnomalar qatorida oliy taʼlim va undan keyingi taʼlim sohasida hamkorlik tugʻrisida bitim imzolandi. Bitim har yili 20 nafar ikki mamlakat fuqarolarini oliy uquv yurtlarda uqitish, Uzbekistonda qozoq tili va adabiyoti, Qozogʻistonda esa uzbek tili va adabiyotini uqitishni yulga quyish, taʼlim va ilm-fan sohasida loyihalarni amalga oshirish, dasturlar, konferensiya, seminar, mahorat darslari, olimpiadalar tashkil etish, ilmiy tadqiqotlar olib borish, ikki davlat ilmiy jurnallarida maqolalar chop etishni kuzda tutadi. Taʼkidlash urinliki, bugungi kunda Uzbekiston va Qozogʻiston urtasida universitetlararo aloqalar yanada kengaydi. Hozirda Uzbekiston va Qozogʻiston oliy uquv yurtlari (Qozogʻistonning 70 dan ortiq universiteti) urtasida hamkorlik buyicha 230 dan ortiq shartnoma va memorandum mavjud. Mamlakatimizning 6 ta oliy uquv yurtida qozoq tili va adabiyoti yunalishlarida kadrlar tayyorlanmoqda.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid