platina.uz
Jamiyat

Toshkentdagi bir nechta xususiy notarius litsenziyasidan ayrildi

Toshkentdagi bir nechta xususiy notarius litsenziyasidan ayrildi
Toshkent shahar adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasi shu yil 16 dekabr kuni navbatdagi bayonnomasini eʼlon qildi. Unga koʻra, poytaxtda xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi 6 ta notariusning litsenziyasi vaqtincha toʻxtatildi. Bu haqda poytaxt Adliya boshqarmasi xabar bermoqda. Xususan:
  •  Sergeli tumanida N.Munavvarovaning litsenziyasi amal qilish muddati 22 dekabrdan 15 kun muddatga;
  •  Shayxontohur tumanida Y.Ergashevaning litsenziyasi 24 dekabr kunidan 2 oy muddatga;
  • Shayxontohur tumanida T.Usmanovning litsenziyasi amal qilish muddati 24 dekabr kunidan 15 kun muddatga;
  • Olmazor tumanida K.Saipovaning litsenziyasi amal qilish muddati 22 dekabr kunidan 2 oy muddatga;
  •  Bektemir tumanida E.Shadiyevaning litsenziyasi amal qilish muddati 22 dekabr kunidan 1 oy muddatga;
  •  Shayxontohur tumanida S.Abdujalolovaning litsenziyasi 22 dekabr kunidan 1 oy muddatga toʻxtatildi.
© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid