platina.uz
Jamiyat

Toshkentdagi 6 ta xususiy notariusning litsenziyasi vaqtincha toʻxtatildi

Toshkentdagi 6 ta xususiy notariusning litsenziyasi vaqtincha toʻxtatildi
Toshkent shahar adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining 2022 yil 16 dekabrdagi bayonnomasiga asosan 6 ta xususiy notariusning litsenziyasi vaqtincha toʻxtatildi. Jumladan:
  1. Sergeli tumanida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius N.Munavvarovaning litsenziyasi amal qilish muddati 2022 yilning 22 dekabr kunidan 15 kun muddatga;
  2. Shayxontohur tumanida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius Y.Ergashevaning litsenziyasi amal qilish muddati 2022 yilning 24 dekabr kunidan 2 oy muddatga;
  3. Shayxontohur tumanida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius T.Usmanovning litsenziyasi amal qilish muddati 2022 yilning 24 dekabr kunidan 15 kun muddatga;
  4. Olmazor tumanida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius K.Saipovaning litsenziyasi amal qilish muddati 2022 yilning 22 dekabr kunidan 2 oy muddatga;
  5. Bektemir tumanida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius E.Shadiyevaning litsenziyasi amal qilish muddati 2022 yilning 22 dekabr kunidan 1 oy muddatga;
  6. Shayxontohur tumanida xususiy amaliyot notarial faoliyat bilan shugʻullanuvchi notarius S.Abdujalolovaning litsenziyasi amal qilish muddati 2022 yilning 22 dekabr kunidan 1 oy muddatga toʻxtatildi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid