platina.uz
Jamiyat

Toshkentda oʻqiyotgan andijonlik talabalar Yangi yil bayramida uylariga bepul avtotransportda yetkazib qoʻyiladi

Toshkentda oʻqiyotgan andijonlik talabalar Yangi yil bayramida uylariga bepul avtotransportda yetkazib qoʻyiladi

Andijon viloyati Transport boshqarmasi tashabbusi bilan Toshkent shahrida tahsil olayotgan bir guruh talaba yoshlar Andijonga bepul olib kelinadi. Bu haqda OʻzA xabar berdi.

– Yangi yil bayrami oldidan Toshkent – Andijon poyezdiga bilet topish ancha qiyin boʻladi, avtomashinada qaytish uchun esa bayram arafasida yoʻlkira birmuncha qimmat boʻlib ketadi, – deydi Andijon Transport boshqarmasi boshligʻi Oʻtkirbek Mashrapov. – Bu ayniqsa, talabalarni qiyin ahvolga solib qoʻyadi. Ana shundan kelib chiqib, talablarga qulaylik yaratish, ularga koʻmaklashish maqsadida ushbu xayrli ishga qoʻl urdik. Boshqarma boshligʻining taʼkidlashicha, Toshkent shahrida tahsil olayotgan, yangi yil bayrami va qishki taʼtilni oʻtkazish uchun uylariga keladigan andijonlik talabalarni olib kelish maqsadida 25 ta avtotransport vositasi ajratiladi.   Bundan tashqari, imkon qadar koʻproq talabalarni olib kelish uchun yoʻlovchi tashish faoliyati bilan shugʻullanuvchi avtomobil egalarini ushbu xayrli ishga qoʻshish taklifi bildirildi. Avtomashinalar 27 dekabr seshanba kuni poytaxtimizdagi “Oʻzbekiston” mehmonxonasi oldidan soat 12.00 da Andijonga joʻnaydi. Toshkent shahrida tahsil olayotgan andijonlik talabalar ushbu imkoniyatdan foydalanishlari mumkin.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid