platina.uz
Jamiyat

Toshkent aeroportiga yangi direktor tayinlandi

Toshkent aeroportiga yangi direktor tayinlandi
“Uzbekistan Airports” AJ boshqaruvi raisi buyrugʻi bilan Gaipov Shukurjon Umarovich 2022 yil 21 dekabrdan boshlab “Toshkent” xalqaro aeroporti direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.Bu haqda kompaniya Matbuot xizmati xabar bermoqda. Bu lavozimda u aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi qarori bilan aeroport direktori lavozimini tark etgan Mirzohid Tursunov oʻrnini egalladi.
Toshkent aeroportiga yangi direktor tayinlandi
Maʼlumot uchun: Oʻzbekiston Milliy universitetining siyosatshunoslik fakultetini tamomlagan Shukurjon Gaipov mehnat faoliyatini Toshkent aeroportida havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatishni muvofiqlashtirish va nazorat qilish boʻlimida muhandis sifatida boshlagan. 2018 yildan hozirgacha “Toshkent-1” hukumat terminali rahbari lavozimida ishlab kelgan.
Eslatib oʻtamiz, “Uzbekistan Airports” AJ respublikaning 11 ta xalqaro aeroporti boshqaruvini amalga oshiruvchi kompaniya hisoblanadi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid