platina.uz
Sport

«Real Madrid» Mbappe transferi uchun qancha sarflamoqchi?

«Real Madrid» Mbappe transferi uchun qancha sarflamoqchi?
Madridning «Real» klubi PSJ hujumchisi Kilian Mbappe sotib olishga jiddiy kirishadi. Bu haqda La Gazzetta dello Sport xabar berdi. Qayd etilishicha, madridliklar Mbappe transferiga jami 1 milliard yevro sarflashga tayyor. Ushbu mablagʻdan futbolchining yuqori maoshi, transfer narxi va turli bonuslar ham oʻrin olgan. Fransiyalik futbolchi PSJda uch yilda 636 million yevro maosh oladi. «Real» prezidenti Florentino Peres esa uning talabini bajarishga rozi. Maʼlumot uchun, Mbappe Fransiya chempionatining joriy mavsumida 14 ta oʻyinda 12 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid