platina.uz
Jamiyat

Qozogʻiston Prezidentining Oʻzbekistonga davlat tashrifi yakunlandi

Qozogʻiston Prezidentining Oʻzbekistonga davlat tashrifi yakunlandi
Qozogʻiston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning Oʻzbekistonga tashrifi doirasida ikki davlat rahbarlari samarali muzokaralar oʻtkazib, koʻp qirrali hamkorlikni rivojlantirishning ustuvor va istiqbolli yoʻnalishlarini belgilab oldilar. Ittifoqchilik munosabatlari va davlat chegarasini demarkatsiya qilish toʻgʻrisida shartnomalar imzolandi. Hamkorlikning turli yoʻnalishlari boʻyicha umumiy qiymati 8 milliard dollarlik hujjatlar, shartnoma va bitimlar imzolandi. Umuman, oliy darajadagi muzokaralar kun tartibining kengligi va erishilgan kelishuvlarning ahamiyati boʻyicha ikki tomonlama munosabatlarda yangi sahifa ochgan tarixiy voqea boʻldi. Qardosh Qozogʻiston yetakchisining davlat tashrifi yakunlandi. “Toshkent” xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev kuzatib qoʻydi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid