platina.uz
Jamiyat

Qorovulbozor davlat oʻrmon-ov xoʻjaligi direktori ushlandi

Qorovulbozor davlat oʻrmon-ov xoʻjaligi direktori ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro shahar boʻlimi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Qorovulbozor davlat oʻrmon-ov xoʻjaligi direktori J.N. fuqaro B.B.ning ishonchiga kirib, unga 3 000 AQSh dollari evaziga akasi va qarindoshi tomonidan ushbu xoʻjalikka yetkazilgan 78 mln soʻm zararni toʻlanganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish orqali qarzdorligini yopishini aytib, shundan 2022 yilning noyabr oyida 2 000 AQSh dollarini olib, yana 800 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid