platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekistonda 11 oyda 12 mlrdan soʻmdan oshiq avtomobil yoʻllarida sifatsiz ishlar bajarilgani aniqlandi

Oʻzbekistonda 11 oyda 12 mlrdan soʻmdan oshiq avtomobil yoʻllarida sifatsiz ishlar bajarilgani aniqlandi
Oʻzbekistonda 11 oy ichida 231 ta holat boʻyicha umumiy summasi 12 mlrd 249 mln soʻmlik sifatsiz qurilish-montaj ishlari bajarilgani aniqlandi. Bu xaqda «Oʻzyoʻlinspeksiya» axborot xizmati xabar berdi. Qayd etilishicha, inspeksiya tomonidan 11 oy ichida 231 ta holat boʻyicha umumiy summasi 12 mlrd. 249 mln. soʻmlik – umuman sifatsiz bajarilgan qurilish-montaj ishlari hajmini toʻlovdan chiqarish boʻyicha – buyurtma bergan tashkilotlarga talabnomalar kiritildi. Shundan 9 mlrd 210 mln soʻmdan ortiq 210 ta talabnoma ijrosi taʼminlandi.

“Oʻzyoʻlinspeksiya” tomonidan joriy yil 11 oyi davomida – yoʻl qurilishi obʼektlari, sunʼiy inshootlar (yaʼni koʻprik va yoʻl oʻtkazgichlar) hamda yoʻl-qurilish materiallari ishlab chiqarish boʻyicha 5461 ta obʼektda nazorat oʻtkazildi.

Natijada 7617 ta qoidabuzilish holatlari aniqlanib, ularni bartaraf etish uchun buyurtmachi, pudratchi, loyihachi va saqlovchi tashkilotlarga – 4608 ta bajarilishi majburiy koʻrsatma berildi. 7 yarim mingdan ortiq qoida buzilish bartaraf etildi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid