platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekiston-Qozogʻiston oʻrtasida 15 ta hujjat imzolandi

Oʻzbekiston-Qozogʻiston oʻrtasida 15 ta hujjat imzolandi
Oʻzbekiston-Qozogʻiston sammiti yakunida ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi boʻlib oʻtdi. Bu haqda Oʻzbekiston prezidenti Matbuot xizmati xabar berdi. Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozogʻiston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev tarixiy hujjatlar – Ittifoqchilik munosabatlarini oʻrnatish toʻgʻrisida shartnoma va Oʻzbekiston-Qozogʻiston davlat chegarasini demarkatsiya qilish toʻgʻrisida shartnomani imzoladi. Bundan tashqari, ikki mamlakat hukumatlari, vazirlik va idoralari, yirik kompaniyalari darajasida koʻp qirrali hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga qaratilgan 15 ta hujjat qabul qilindi. “Markaziy Osiyo” Xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazini tashkil etish toʻgʻrisida, Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida, Oliy taʼlim va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimlar, 2000 yil 7 iyuldagi Fuqarolarning oʻzaro kelib-ketish shartlari toʻgʻrisidagi hukumatlararo bitimga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida bayonnoma shular jumlasidan. Shuningdek, strategik islohotlar, elektron savdoni rivojlantirish, oʻrmon xoʻjaligi, davlat xizmati sohalarida memorandumlar, Toshkent va Turkiston, Navoiy va Qiziloʻrda, Jizzax va Turkiston viloyatlari oʻrtasidagi hamkorlikni kengaytirish boʻyicha “yoʻl xarita”lari, energetika, kimyo sanoati, transport va logistikada loyihalar amalga oshirish boʻyicha bitimlar qabul qilindi. Tashrif doirasida jami 8 milliard dollarlik savdo va investitsiya shartnomalari imzolandi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid