platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekiston hududlarining yashash uchun qulaylik reytingi tuzildi

Oʻzbekiston hududlarining yashash uchun qulaylik reytingi tuzildi
Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar Instituti (PMTI) mutaxassislari tomonidan Oʻzbekiston hududlarining yashash uchun qulaylik reytingi (Liveability ranking) tuzildi. Bunda The Economist Intelligence Unit nashri tomonidan har yili dunyo shaharlari boʻyicha eʼlon qilinadigan The Global Liveability Ranking metodologiyasidan foydalanildi. Reyting hududlardagi ijtimoiy osoyishtalik, sogʻliqni saqlash, taʼlim, madaniyat, atrof-muhit va infratuzilmaviy qulayliklar kabi yoʻnalishlarga oid 37 ta koʻrsatkichni oʻzida jamlagan kompozit indeks asosida tuzilgan boʻlib, 2020-2021 yillar uchun hisoblandi. Tahlil natijalariga koʻra, Toshkent shahri (reyting koʻrsatkichi 65), Buxoro (57), Navoiy (49), va Fargʻona (48) viloyatlari 2021-yilda Oʻzbekistonda yashash uchun eng qulay hududlar boʻlgani aniqlandi. Yoʻnalishlar boʻyicha eng yaxshi natijalar: Ijtimoiy osoyishtalik: Navoiy viloyati (69) Sogʻliqni saqlash: Toshkent shahri (75) Madaniyat va atrof-muhit: Toshkent shahri (70) Taʼlim: Qoraqalpogʻiston Respublikasi (63) Infratuzilmaviy imkoniyatlar: Toshkent shahri (85) 2020-2021-yillarda reyting holatida quyidagi oʻzgarishlar roʻy berdi: Fargʻona viloyati 7-pogʻonadan 4-pogʻonaga, Toshkent viloyati 12-pogʻonadan 9-pogʻonaga koʻtarilgan boʻlsa, Qoraqalpogʻiston Respublikasi 9-pogʻonadan 12-pogʻonaga, Samarqand viloyati 4-pogʻonadan 5-pogʻonaga, Jizzax viloyati 5-pogʻonadan 6-pogʻonaga hamda Andijon viloyat 5-pogʻonadan 6-pogʻonaga tushgan. Qayd etish joizki, 2020-2021 yillar davomida mamlakatimizdagi barqaroqlik koʻrsatkichi +1,0 punktiga, sogʻliqni saqlash yoʻnalishi koʻrsatkichi +1,4 punktiga, taʼlim koʻrsatkichi +3,1 punktiga, infratuzilmalar koʻrsatkichi +0,5 punktiga ortgan boʻlsa, madaniyat va atrof-muhit yoʻnalishi koʻrsatkichi -0,2 punktiga pasaygan. Tadqiqot davrida eng yaxshi natija taʼlim yoʻnalishida qayd etildi. Bu yoʻnalish boʻyicha ijobiy natijalarni masofaviy taʼlim platformalari ishga tushirilishi, oliy taʼlim muassasalari qabul kvotalarining oshirilishi bilan izohlash mumkin deyiladi maʼlumotda. Xulosa oʻrnida aytish mumkinki, Oʻzbekiston hududlarining yashash uchun qulaylik indeksi hududlarning kompleks rivojlanish darajasi, yashash va ishlash imkoniyatlari, turistik salohiyatini taqqoslashga yordam beradi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid