platina.uz
Jamiyat

Norov boshchiligidagi delegatsiya 22-25 dekabr kunlari Yaponiyaning Tokio shahrida boʻladi

Norov boshchiligidagi delegatsiya 22-25 dekabr kunlari Yaponiyaning Tokio shahrida boʻladi
22-25 dekabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov boshchiligidagi delegatsiya «Markaziy Osiyo + Yaponiya» muloqoti tashqi ishlar vazirlarining 9-yigʻilishida ishtirok etish uchun Yaponiyaning Tokio shahriga tashrif buyuradi. Boʻlajak tadbir kun tartibidan transport bogʻliqligi, logistika, sanoat kooperatsiyasi, sogʻliqni saqlash, taʼlim, «yashil» iqtisodiyotni rivojlantirish sohalarida hamkorlik masalalari oʻrin olgan. Tashrif doirasida Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri qator ikki va koʻp tomonlama muzokaralar oʻtkazadi, shuningdek, Yaponiya ishbilarmon doiralari vakillari hamda vatandoshlar bilan uchrashuvlar oʻtkazadi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid