platina.uz
Jamiyat

Jizzaxda Yangi yil archasi yonib ketdi

Jizzaxda Yangi yil archasi yonib ketdi
Bugun, 22 dekabr kuni Jizzaxda Yangi yil archasi yonib ketdi. Bu haqda holat boʻyicha viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi. Maʼlum qilinishicha, bugun soat 18:01 da viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Navbatchilik qismiga Jizzax shahar Mirzo Ulugʻbek mahallasi Toshkent koʻchasi hududida joylashgan “Markaziy dehqon bozori”ning avtoturargohida bozor maʼmuriyati tomonidan oʻrnatilayotgan “Yangi yil archasi”da yongʻin sodir boʻlayotganligi toʻgʻrisida xabar kelib tushgan. Xabarga koʻra, zudlik bilan FVBning 2 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji voqea joyiga yetib borgan. Ushbu yongʻin fuqarolar tomonidan oʻchirib olingan. Yongʻin oqibatida archaning 40 sm yuqori qismi yonib zararlangan. Maʼlum boʻlishicha, bezak sifatida oʻrnatilayotgan chiroqlarni yoqib sinovdan oʻtkazish vaqtida yongʻin sodir boʻlgan. Fuqarolarning kuyish tan jarohati olish va halok boʻlish holatlari qayd etilmagan.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid