platina.uz
Jamiyat

Fargʻonada 63 510 quti tamaki vositalari yoqib yuborildi

Fargʻonada 63 510 quti tamaki vositalari yoqib yuborildi
Fargʻona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish boʻlimi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirlarda qonunbuzarlik ashyosi sifatida olib qoʻyilgan hamda sud qaroriga asosan yoʻq qilinishi belgilangan umumiy qiymati 538,5 million soʻmlik 63 510 quti tamaki mahsulotlari yoʻq qilish komissiyasi va keng jamoatchilik ishtirokida yoqib yuborildi. Taʼkidlash joizki, xorijda ishlab chiqarilgan mazkur tamaki mahsulotlarining sifati kafolatlanmagan boʻlib, aksiz markalari va raqamli markirovka kodlari bilan ham qadoqlanmagan. Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 25 iyuldagi “Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni olib qoʻyish, sotish yoki yoʻq qilib tashlash tartibi toʻgʻrisida”gi 200-son qaroriga muvofiq tamaki mahsulotlari majburiy tarzda yoʻq qilib tashlanishi belgilangan.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid