platina.uz
Jamiyat

Eronning «Qeshm Air» aviakompaniyasi Oʻzbekistonga muntazam reyslarni yoʻlga qoʻydi

Eronning «Qeshm Air» aviakompaniyasi Oʻzbekistonga muntazam reyslarni yoʻlga qoʻydi
22 dekabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 12:53da Eronning «Qeshm Air» aviakompaniyasining samolyoti Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qoʻndi.  Tehron — Toshkent — Olma-Ota — Tehron yoʻnalishi boʻyicha uchgan Airbus A300-600 borti anʼanaviy tarzda suv arkasi bilan kutib olindi. Muntazam reyslar haftada bir marta — payshanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Qeshm Air — shtab-kvartirasi Tehronda joylashgan, 1993 yilda tashkil etilgan Eron aviakompaniyasi boʻlib, mahalliy va xalqaro yoʻlovchi reyslarini, shuningdek, charter reyslarini amalga oshiradi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid