platina.uz
Jahon

Dunyoda soʻnggi toʻrt haftada koronavirusni yuqtirish holatlari 36 foizga oshdi

Dunyoda soʻnggi toʻrt haftada koronavirusni yuqtirish holatlari 36 foizga oshdi
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti hisobotiga koʻra, oʻtgan haftada dunyo boʻyicha 3,7 milliondan ziyod kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Ulardan qariyb 10,5 ming nafari xastalik oqibatida hayotdan koʻz yumdi. Tahlillarga koʻra, 12-18 dekabr sanalarida kasallanish koʻrsatkichlari undan avvalgi haftaga nisbatan 3 foizga oshdi. Oʻlim holatlari esa 6 foizga kamaydi. Bemorlar sonining sezilarli koʻpayishi Janubiy va Shimoliy Amerika (+18 foiz) hamda Gʻarbiy Tinch okeani mintaqasi (+8 foiz) mamlakatlarida qayd etildi. COVID-19 qurbonlari esa Amerika mintaqasida koʻpaydi (+3 foiz). Shuningdek, JSST koronavirus bilan bogʻliq soʻnggi 4 haftalik tahlillarni ham eʼlon qildi. Unga koʻra, ushbu muddatda sayyoramiz boʻyicha COVID-19ga chalinish holatlari undan avvalgi 28 kunga qaraganda 36 foizga oshgan.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid