platina.uz
Jahon

“Dok-1 Maks” tabletka va sirop dori vositalari bilan bogʻliq vaziyat oʻrganilmoqda

“Dok-1 Maks” tabletka va sirop dori vositalari bilan bogʻliq vaziyat oʻrganilmoqda
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahridagi dorixonalardan xarid qilingan “Dok-1 Maks” tabletka va sirop dori vositalarini qabul qilgandan soʻng bemorlarda turli nojoʻya taʼsirlar kuzatilgani haqida xabarlar tarqaldi. Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi ushbu vaziyatni darhol nazoratga oldi. Bemorlar ahvolini oʻrganish va holat sabablarini aniqlash maqsadida tezkor mutaxassislar guruhi tuzildi. Uning tarkibiga agentlik hamda Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazining malakali mutaxassislari kiritildi. Samarqanddagi dorixonalardan xarid qilingan Hindistoning Marion Biotech Pvt. Ltd kompaniyasiga tegishli “Dok-1 Maks” tabletka va limon va asal taʼmli sirop dori vositalari oʻrnatilgan tartibda ekspertizadan oʻtkazilmoqda. Laboratoriya tahlillari yakunlangach, uning natijalari haqida eʼlon qilinadi. Ushbu dori vositalarining yurtimizdagi savdosi 2022 yil 22 dekabrdan vaqtincha toʻxtatildi va bu haqda “Quramax Medical” MChJ tomonidan realizatsiya qilingan tashkilotlarga xabar yuborildi.
© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid