platina.uz
Jamiyat

Bir kunda qancha tuz isteʼmol qilish kerak?

Bir kunda qancha tuz isteʼmol qilish kerak?
Aholining sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazi direktori Nodira Alixanova quyidagicha javob berdi. "Osh tuzi – inson tanasiga natriy yetkazib beruvchi yagona ozuqaviy modda. U organizmda qon aylanishi va qon bosimini boshqarish, asab tizimi hamda mushaklar orasidagi uzviy aloqani taʼminlaydi. Ushbu mahsulot tarkibidagi xlor ovqat hazmiga yordam beradi. Tanada suv-tuz balansini tartibga solishda ishtirok etib, jigarning toʻgʻri ishlashiga koʻmaklashadi. JSST tavsiyasiga koʻra, organizmdagi moddalar almashinuvini meʼyorlashtirish uchun kuniga bir choy qoshiq – 5 gramm yodlangan osh tuzi isteʼmol qilish yetarli. Agar kunlik miqdor ortib ketsa, turli xastaliklar kelib chiqadi. Eng avvalo, ortiqcha tuz suyak toʻqimalariga yomon taʼsir qiladi. Tanada moddalar almashinuvi buzilib, yurak, buyrak va qon aylanish tizimida salbiy oʻzgarishlar kuzatiladi. Shish: meʼyordan oshiq tuz organizmda suyuqlikni ushlab turishi oqibatida shishlar paydo qiladi. Ortiqcha vazn: tuz yogʻlar parchalanishiga toʻsqinlik qilib, ortiqcha vaznni yuzaga keltiradi. Kalsiy yetishmasligi: u koʻp isteʼmol qilinsa, buyraklar faoliyati buziladi. Tanadagi ortiqcha tuz peshob bilan chiqariladi va u bilan kalsiy ham yuviladi. Oqibatda organizmda kalsiy yetishmovchiligi kuzatiladi. Koʻz xastaligi: yodlangan tuzning koʻp miqdori koʻz bosimini oshirib, kataraktaga olib keladi", - deyiladi xabarda.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid