platina.uz
Sport

«Yuventus» yevrokuboklardan chetlatilishi mumkin

«Yuventus» yevrokuboklardan chetlatilishi mumkin
Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UYeFA) «Yuventus»ni yevrokuboklardagi ishtirokidan chetlashtirishi mumkin. Bu haqda La Gazetta dello Sport xabar berdi. Manbaga koʻra, moliyaviy qoidabuzarliklar fakti tasdiqlansa, «Yuventus»ga nisbatan xalqaro turnirlardan chetlashtirish koʻrinishidagi sanksiya qoʻllaniladi. Ayni damda klub ustidan tergov ishlari olib borilmoqda. Eslatib oʻtamiz, avvalroq OAV koronavirus pandemiyasi davrida «Yuventus» oʻz futbolchilariga yashirincha maosh toʻlagani haqida xabar bergan edi, garchi klub oʻyinchilar puldan vaqtinchalik voz kechganini ochiq eʼlon qilgan boʻlsada. «Keksa sinora» 17 nafar futbolchiga 60 million yevroga yaqin maosh toʻlagan. Ommada futbolchilar maoshdan bosh tortgani haqida eʼlon qilinganiga qaramay, «Yuve» rahbariyati oʻyinchilar bilan yashirin shartnomalar tuzib, ularga katta mablagʻ toʻlashgan.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid