platina.uz
Jamiyat

Xitoy – Qirgʻiston – Oʻzbekiston – Afgʻoniston multimodal yoʻnalishida tranzit tashuvlari rivojlanmoqda

Xitoy – Qirgʻiston – Oʻzbekiston – Afgʻoniston multimodal yoʻnalishida tranzit tashuvlari rivojlanmoqda
Joriy yilda tashkil etilgan Xitoy – Qirgʻiston – Oʻzbekiston – Afgʻoniston multimodal yoʻnalishida konteyner tashuvlari hajmi ortib bormoqda. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati xabar bermoqda. Ushbu yoʻnalishda yana 10 ta 40 futlik konteynerlar tashuvlari amalga oshirildi. Xalq xoʻjaligi yuklari ortilgan ushbu konteynerlar Xitoyning Qashgʻar temir yoʻl stansiyasidan Qirgʻizistonning Oʻsh stansiyasiga avtomobilda olib kelinadi va u yerdan fiting platformalariga ortilgan holda Oʻzbekiston orqali Afgʻonistonning Xayraton stansiyasiga yetkaziladi. Mazkur yoʻnalish boʻyicha Oʻzbekistonda bosh ekspeditor «Oʻztemiryoʻlkonteyner» AJ hisoblanadi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid