platina.uz
Jamiyat

Vazirliklarning boʻsh turgan binolari ularning roziligisiz savdoga chiqariladi

Vazirliklarning boʻsh turgan binolari ularning roziligisiz  savdoga chiqariladi
Vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlariga tegishli boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obʼektlarini ularning roziligisiz ijaraga berish yoki sotish uchun savdoga chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizom Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi (roʻyxat raqami 3403, 19.12.2022 y.) Mazkur Nizom vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlariga tegishli boʻlgan, 3 oydan ortiq muddat davomida foydalanilmasdan boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obʼektlarini (bundan ijtimoiy soha obʼektlari mustasno) ularning roziligisiz ijaraga berish yoki sotish uchun savdoga chiqarish tartibini belgilaydi. Ijaraga beruvchi tomonidan obʼektlarni aniqlash maqsadida doimiy ravishda xatlov oʻtkaziladi. Xatlov davomida aniqlangan obʼekt 1 ish kuni ichida axborot tizimiga kiritiladi. Ijaraga beruvchi obʼekt haqidagi maʼlumotlarni axborot tizimiga kiritgan kundan boshlab 3 ish kuni ichida obʼektning balansda saqlovchisiga ogohlantirish xati yuboradi. Unda balansda saqlovchi tomonidan obʼektdan 3 oy muddatda samarali foydalanilishi hamda bu haqda ijaraga beruvchiga maʼlumot taqdim etilishi, shuningdek ushbu talabga rioya qilinmagan taqdirda, obʼekt belgilangan muddat oʻtganidan soʻng ijaraga berish yoki sotish uchun elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarilishi koʻrsatiladi. Obʼektni sotish uchun elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish toʻgʻrisidagi qaror quyidagilar tomonidan qabul qilinadi: binolari va inshootlarining umumiy maydoni 2000 kvadrat metrgacha boʻlgan va strategik ahamiyatga ega boʻlmagan obʼektlar boʻyicha – Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari; binolari va inshootlarining umumiy maydoni 2000 kvadrat metrdan ortiq, ammo 5000 kvadrat metrdan koʻp boʻlmagan va strategik ahamiyatga ega boʻlmagan obʼektlar boʻyicha – Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari; binolari va inshootlarining umumiy maydoni 5 000 kvadrat metrdan ortiq va strategik ahamiyatga ega boʻlgan obʼektlar boʻyicha – Prezident, Vazirlar Mahkamasi hamda Davlat mulkini sotishda tender savdolarini oʻtkazish boʻyicha davlat komissiyasi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid