platina.uz
Jamiyat

Toshkentda Audi avtomobili yonib ketdi

Toshkentda Audi avtomobili yonib ketdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Chilonzor tumanida Audi avtomobili yonib ketgani aks etgan videolar tarqaldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi holat yuzasidan rasmiy maʼlumot berdi. Qayd etilishicha, 21 dekabr kuni soat 16:32 da Chilonzor tumani «Qozirobod» MFY hududidan oʻtgan KXY koʻchasida «Audi» rusumli avtomobilda yongʻin sodir boʻlayotganligi toʻgʻrisida shahar FVBga xabar kelib tushgan. Shunga koʻra 2 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji soat 16:39 da voqea joyiga yetib borib, yongʻin soat 16:54 da oʻchirilgan. Yongʻin natijasida avtomobilning mator hamda salon qismi yonib zararlangan. Yongʻin elektr simlarida yuzaga kelgan qisqa tutashuv natijasida sodir boʻlganligi taxmin qilinmoqda. Hodisa oqibatda tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid