platina.uz
Jamiyat

Qozogʻiston Prezidenti Faxriy mehmonlar xiyobonida daraxt ekdi

Qozogʻiston Prezidenti Faxriy mehmonlar xiyobonida daraxt ekdi
Davlat tashrifi bilan mamlakatimizga kelgan Qozogʻiston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida «Koʻksaroy» qarorgohining Faxriy mehmonlar xiyobonida daraxt ekdi. Marosim Oʻzbekiston-Qozogʻiston munosabatlarida yangi davr boshlanayotgani, mamlakatlarimiz oʻrtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilikni qardosh xalqlarimizning farovonligi yoʻlida yanada mustahkamlashga qatʼiy intilishning ifodasi boʻldi. Qozogʻiston yetakchisining mamlakatimizga davlat tashrifi asosiy tadbirlari ertaga, 22 dekabr kuni boʻlib oʻtadi. Oliy darajadagi muzokaralar boʻlib oʻtadi, ularning yakunida tarixiy ahamiyatga ega bitimlarning imzolanishi kutilmoqda. Birgalikda yirik investitsiya loyihalarini boshlab berish va OAV vakillari uchun brifing oʻtkazish koʻzda tutilgan.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid