platina.uz
Jamiyat

Qashqadaryoda 28 yoshli ayolning jasadi hammomdan topildi. Qotil ham maʼlum boʻldi

Qashqadaryoda 28 yoshli ayolning jasadi hammomdan topildi. Qotil ham maʼlum boʻldi
Qashqadaryo viloyati Kasbi tumani "Tinchlik" mahallasidagi uyda ijarada yashab kelgan ayol shu yilning 16 dekabr kuni vafot etdi. Maʼlum qilinishicha, 1994 yilda tugʻilgani taxmin qilinayotgan ayol F.D.ning jasadi hammomdan topilgan. Ayol "Tinchlik" mahallasidan "Qamashi" mahallasiga turmushga chiqqan. Oilaviy kelishmovchilik tufayli yana oʻzi yashagan "Tinchlik" mahallasiga qaytib, 3 nafar bolasi bilan ijarada yashab kelgan. Bosh Prokuratura matbuot xizmati holat yuzasidan qoʻshimcha maʼlumot berdi. Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilgan. Tekshirish davomida ayolni sobiq turmush oʻrtogʻi qasddan oʻldirganligi aniqlangan. Ushbu holat boʻyicha 17 dekabr kuni Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (Qasddan odam oʻldirish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan va gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid