platina.uz
Jamiyat

Qanday turdagi avtotransport vositalariga avtobuslar yoʻlakchasida harakatlanishga ruxsat etiladi? 

Qanday turdagi avtotransport vositalariga avtobuslar yoʻlakchasida harakatlanishga ruxsat etiladi? 
[video width="854" height="480" mp4="https://platina.uz/wp-content/uploads/2022/12/VID_20221221_114549_961.mp4"][/video] IIV Jamoat xavfsizligi depertamenti yoʻl-harakat xavfsizligi boshqarma boshligʻi Fazliddin Toshkenboyevning aytishicha, poytaxtda avtobuslar uchun chizilayotgan yoʻlakchalar jamoat transportlarining tirbandlikda qolmasligi uchun zarur. Ushbu yoʻlakchalarda avtobuslardan tashqari faqatgina tez yordam, yongʻin xavfsizligi va IIV avtomobillari harakatlanishi mumkin. Qolgan avtotransport vositalariga esa harakatlanish taqiqlanadi va bu tegishli javobgarlikka sabab boʻladi. Ammo har qanday avtomobilga maʼlum sababga koʻra, masalan, yoʻl yoqasidagi obʼektlarga yoki koʻchaga kirish uchun ushbu yoʻlakda foydalanishga ruxsat etiladi. Buning uchun yoʻlakchalarda uziq chiziqlar mavjud boʻlib, taxminan 40-50 metr masofa belgilanadi. Koʻcha yoki obʼekt boshlangan joyda ushbu uziq chiziqlarning taʼsir doirasi tugaydi va avtomobillar avtobuslar uchun moʻljallangan yoʻlakchani boʻshatib qoʻyishlari talab etiladi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid