platina.uz
Jamiyat

Piyoda yurish infarkt va insult xavfini ikki baravar kamaytiradi

Piyoda yurish infarkt va insult xavfini ikki baravar kamaytiradi
Mutaxassislar fikricha, haftada atigi 2,5 soatlik jismoniy faollik erta oʻlim xavfini 28 foiz, yurak kasalliklariga chalinish ehtimolini esa 20 foizga kamaytiradi. Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Aholining sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazi direktori Nodira Alixanovaning taʼkidlashicha, piyoda yurish orqali organizm sezilarli darajada kaloriya yoʻqotadi. Masalan, 70 kg. vaznli kishi yugurish vaqtida soatiga taxminan 500-600 kkal., piyoda yurish davomida 250 kkal. sarflaydi. Natijada ortiqcha energiya sarflanib, gormonlar ishlab chiqilishi, mushaklardagi qon taʼminoti yaxshilanadi. Umurtqa pogʻonalari toʻqimalari kislorod bilan toʻyinadi. Asab tolalari mustahkamlanib, infarkt va insult kabi ogʻir kasalliklar xavfi ikki baravar kamayadi. Yurganda har daqiqada 5 kkal. yoʻqotiladi. Ogʻirlik qancha koʻp boʻlsa, energiya shuncha koʻp sarflanadi. Misol uchun, 1,5 kilometr yurganda:
  •  72 kg. vaznli inson — 105 kkal.,
  • 100 kg. vaznli kishi — 135 kkal. yoʻqotadi.
Piyoda yurish orqali organizmdagi barcha ortiqcha tuzlar va toksinlar chiqib ketadi. Natijada tana tozalanib, inson yengil harakatlanadi, sogʻligi yaxshilanadi va umri uzayadi.
© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid