platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekistonning baʼzi joylarida qor yogʻishi mumkin

Oʻzbekistonning baʼzi joylarida qor yogʻishi mumkin
Bugun kunduz kuni Oʻzbekiston boʻyicha baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida ertalab biroz qor yogʻadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, respublika boʻyicha baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Baʼzi joylarga tuman tushadi. Yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak yuzaga keladi. Harorat kunduzi 3-8° iliq, shimolda 3° sovuq-2° iliq boʻladi.
Poytaxtda kunning ikkinchi yarmida yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi, tuman tushadi. Yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 5-7° iliq boʻladi. Togʻli hududlarda baʼzi joylarda qor yogʻadi, tuman tushadi. Yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak yuzaga keladi. Qor koʻchish xavfi bor. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 3° sovuq-2° iliq boʻladi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid