platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari narxlari monitoring qilinadi

Oʻzbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari narxlari monitoring qilinadi
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq–ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) va Toshkentdagi Xalqaro Vestminster Universiteti (TXVU) oziq-ovqat narxlari maʼlumotlarini tarqatish va tahlil qilishni osonlashtirish uchun veb-vosita boʻlgan oziq-ovqat narxlari monitoringi va tahlilini (FPMA) ishga tushirdi. FPMA FAO va TXVU oʻrtasidagi «Narxlar va bozorlarning axborot tizimini texnik jihatdan joriy etish va Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligidagi alohida qoʻshilgan qiymat zanjirlari uchun tegishli tahlil» toʻgʻrisidagi kelishuvga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan strategik hamkorlikda ishga tushirildi. FPMA vositasi katta hajmdagi narx maʼlumotlarini oson yoʻl bilan olish imkonini beradi. Bu foydalanuvchilarga aniq bir mahsulot narxlarni tezda koʻrib chiqish, mamlakatlar/bozorlar/tovarlar oʻrtasida taqqoslashlar oʻtkazish, grafikalar, maʼlumotlar va oʻrtacha koʻrsatkichlar, standart ogʻishlar va foiz oʻzgarishlari kabi asosiy statistik maʼlumotlarni yuklab olish imkonini beradi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid