platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekiston va Qozogʻiston TIV rahbarlari oʻrinbosarlari davlat chegarasini yakuniy xalqaro-huquqiy rasmiylashtirish masalalarini koʻrib chiqdi

Oʻzbekiston va Qozogʻiston TIV rahbarlari oʻrinbosarlari davlat chegarasini yakuniy xalqaro-huquqiy rasmiylashtirish masalalarini koʻrib chiqdi
TIV maʼlumotiga koʻra, tomonlar Oʻzbekiston va Qozogʻiston  munosabatlarining bugungi holati va rivojlanish istiqbollarini muhokama qildi. Hozirgi bosqichda Oʻzbekiston-Qozogʻiston yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlari oliy darajadagi kelishuvlarga muvofiq izchil mustahkamlanib borayotgani chuqur mamnuniyat bilan qayd etildi. Qozogʻiston Prezidentining mamlakatimizga bugun boshlangan davlat tashrifining tashkiliy va mazmun jihatlariga alohida eʼtibor qaratildi. Mazkur tadbir amaliy hamkorlikni chuqurlashtirish, davlatlarimiz va butun mintaqaning barqaror rivojlanishiga xizmat qilishi taʼkidlandi. Muzokaralarda Oʻzbekiston-Qozogʻiston davlat chegarasini yakuniy xalqaro-huquqiy rasmiylashtirish masalalari ham koʻrib chiqildi. Oʻzbekiston-Qozogʻiston qoʻshma demarkatsiya komissiyasining samarali faoliyati va yaxshi qoʻshnichilik munosabatlarini mustahkamlash va mamlakatlar oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni chuqurlashtirish uchun chegara demarkatsiyasini yakunlash muhimligi qayd etildi. Uchrashuv anʼanaviy iliq va doʻstona muhitda oʻtdi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid