platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekiston va Qirgʻiz Energetika vazirliklarining qoʻshma bayonoti imzolandi

Oʻzbekiston va Qirgʻiz Energetika vazirliklarining qoʻshma bayonoti imzolandi
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi va Qirgʻiz Respublikasi Energetika vazirligining Qoʻshma bayonoti imzolandi. Bu haqda Oʻzbekiston Energetika vazirligi xabar berdi. Maʼlum qilinishicha, 2021 yil 11 martda Qirgʻiz Energetika va sanoat vazirligi va Oʻzbekiston Energetika vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi oʻrtasida imzolangan Bayonnomaga muvofiq, elektr energiyasini oʻzaro yetkazib berish tasdiqlangan jadvallarga muvofiq amalga oshiriladi. Markaziy Osiyo mintaqasida suvning kamligi hisobga olinib, Toʻxtagul suv omborining oʻta ogʻir darajaga tushishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida tomonlar xoʻjalik yurituvchi subektlar oʻrtasidagi kelishuvlarga asosan Turkmaniston gazidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasini Qirgʻiz Respublikasiga yetkazib berildi. Shu bilan birga, shartnoma asosidagi kelishuvlarga muvofiq, elektr energiyasini Turkmanistondan Qirgʻiz Respublikasiga Oʻzbekiston energetika tizimi orqali tranzit qilish energetika tizimlarining imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda amalga oshirilmoqda. Taʼkidlanishicha, tomonlarning xoʻjalik yurituvchi subektlari oʻrtasida 2023 yilda Turkmaniston elektr energiyasi tranzitini taʼminlashga qaratilgan tegishli shartnomalar imzolangan va ikki mamlakat oʻrtasidagi hamkorlik oʻzaro hurmat va energetika tizimlari ishlash rejimining izchilligi tamoyillari asosida amalga oshirilmoqda.
© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid