Infratuzilmani rivojlantirishni maqsadli moliyalashtirish uchun davlat qimmatli qogʻozlari joylashtirildi

- Samarqand viloyati Samarqand shahri «Qorasuv» massivida 1 680 ta oʻquv oʻrinli yangi maktab qurilishi rejalashtirilgan boʻlib, ushbu qurilishga davlat qimmatli qogʻozlaridan kelib tushgan mablagʻlarning 48,0 mlrd.soʻmi;
Qashqadaryo viloyatining Koʻkdala tumani markazi «Yettitom» shaharchasi hududida tuman koʻp tarmoqli shifoxonasini qurishga 20,0 mlrd.soʻm;
Samarqand viloyati Samarqand tumani «Chumchuqli» mahallasi agrasanoat kasb-hunar kolleji hududida yangi teri tanosil kasalliklari dispanseri binosini qurishga 25,0 mlrd.soʻm;
Bektemir, Chirchiq va Gʻazalkent shaharlarini tutashtiruvchi 4R12 «Chorbogʻ qoʻrgʻoni» avtomobil yoʻlining Chirchiq shahriga kirish qismida Chirchiq daryosi ustidan oʻtuvchi yangi zamonaviy koʻprik va avtomobil tonnelini qurishga 50,0 mlrd.soʻm yoʻnaltirilishi belgilandi.
Maʼlumot uchun: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 apreldagi «Kapital bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF–6207-son Farmonining 2021-2022 yillarda kapital bozorini rivojlantirish Dasturini amalga oshirish boʻyicha yoʻl xaritasining 37-bandida infratuzilmani rivojlantirishni maqsadli moliyalashtirish uchun davlat qimmatli qogʻozlarini chiqarish vazifasi belginlangan.
