Oʻzbekistondagi barcha "zapravka"larda elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalari tashkil qilinadi

- 2023 yil davomida elektr uzatish tarmoqlari, transformator punktlari va nimstansiyalarga tutash hududlardan 1500 ta elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalarini oʻrnatish uchun yer uchastkalari auksionga chiqarilishi;
- xalqaro va davlat ahamiyatidagi avtomobil yoʻllariga tutash hududlarda joylashgan elektr uzatish tarmoqlari, transformator punktlari va nimstansiyalari yaqinida kamida 500 ta elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalari barpo etilishi;
- 2023–2024 yillarda kamida 500 ta elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalarini joylashtirish uchun yer uchastkalari “K–SAVDO” AAT orqali auksion savdolariga chiqarilishi nazarda tutiladi.
- tadbirkorlarga elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalari orqali elektr energiyasi manbalarida harakatlanuvchi transportlarni quvvatlantirish maqsadida elektr energiyasini sotish (realizatsiya qilish) huquqi beriladi;
- transportlarni quvvatlantirish xizmatining tarifi (narxi), elektr energiyasining tasdiqlangan tarifidan qatʼi nazar tadbirkorlar tomonidan mustaqil belgilanadi.
- elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalari hamda ular oʻrnatilgan avtomobil toʻxtash joylari joylashgan yer uchastkalari yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻidan, shuningdek, elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalari yuridik shaxslarning mol-mulk soligʻidan;
- asosiy faoliyat turi transportlarni quvvatlantirish xizmatini koʻrsatish boʻlgan tadbirkorlik subʼektlari foyda soligʻidan;
- transportlarni quvvatlantirish xizmatini koʻrsatishdan olingan daromad aylanmadan olinadigan soliqdan;
- xorijdan olib kelinadigan elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalari, ularning komponentlari va servis infratuzilmasi uchun texnologik asbob-uskunalar bojxona bojidan ozod qilinadi.




