platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekistonda birja savdolarida holat qanday?

Oʻzbekistonda birja savdolarida holat qanday?
Oʻtgan hafta davomida, yaʼni 12 – 18 dekabr kunlari “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning barcha savdo platformalarida 2 567,6 mlrd soʻmlik tovarlar sotilgan boʻlib, bu avvalgi haftaga nisbatan 24,0% ga koʻpdir. Bunda sotuvlarning 77,7% - birja savdolari; 0,1% - koʻrgazma-yarmarka savdolari; 22,1% - elektron davlat xaridlari va 0,1% - avtoraqamlarning onlayn-auksioniga toʻgʻri keldi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subʼektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 577,8 mlrd soʻmni tashkil qildi. Davlat xaridlari tizimlarida oʻtkazilgan elektron savdolar natijasida byudjet va korporativ buyurtmachilarining qariyb 135,3 mlrd soʻmlik mablagʻlari tejaldi. Koʻrib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 870 ta avtoraqamlar sotildi, sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 2,5 mlrd soʻmni tashkil qildi. Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning 2,5% birinchi toifadagi avtoraqamlarga; 6,4% ikkinchi; 7,4% uchinchi; 7,5% toʻrtinchi; 18,0% beshinchi va 58,2% oltinchi toifa avtoraqamlarga tegishlidir. Birja savdolari Koʻrib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 1 994,5 mlrd soʻmlik tovar resurslari sotildi. Sotuvchi korxonalar mahsulotlarni tasdiqlangan jadvallarga rioya qilgan holda birja savdolariga qoʻyishdi, shu jumladan:  Shrot Oʻtgan hafta davomida birja savdolariga 11 965,0 tonna shrot qoʻyildi va uning 4 484,0 tonnasi, yaʼni 37,5% qismi sotildi. Oʻtkazilgan savdolarda har kuni oʻrtacha 31 ta xaridor ishtirok etdi. Koʻrib chiqilayotgan davrda shrot boʻyicha shakllangan kunlik oʻrtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 4 392,0 ming soʻmdan 4 187,8 ming soʻmgacha pasaydi. Shrotning oʻrtacha kunlik sotuv hajmi 897,0 tonnani tashkil qildi. Oʻtkazilgan birja savdolari natijasida shrot boʻyicha shakllangan oʻrtacha haftalik narxi mahsulotni bir tonnasi uchun 4 176,9 ming soʻmni tashkil etdi. Polietilen Oʻtgan hafta mobaynida birja savdolariga 3 320,0 tonna polietilen qoʻyildi va ulardan barcha hajmi sotildi. Polietilenning oʻrtacha kunlik sotuv hajmlari 664,0 tonnani tashkil qildi. Koʻrib chiqilayotgan davrda polietilenning barcha markalari boʻyicha shakllangan kunlik oʻrtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 17 058,1 ming soʻmdan 16 689,8 ming soʻmgacha pasaydi. Oʻtkazilgan savdolarda har kuni oʻrtacha 81 xaridor ishtirok etdi. Texnik chigit Oʻtgan hafta mobaynida birja savdolariga 97 434,0 tonna texnik chigit qoʻyildi va undan 17 815,0 tonnasi, yaʼni 18,3% qismi sotildi. Koʻrib chiqilayotgan davrda texnik chigit boʻyicha shakllangan kunlik oʻrtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 4 131,0 ming soʻmdan 3 640,2 ming soʻmgacha, yaʼni 11,9% ga pasaydi. Oʻtkazilgan savdolarda har kuni oʻrtacha 18 ta xaridor ishtirok etdi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid