platina.uz
Jamiyat

Nega "SOVID-19"ga qarshi vaksina olish hamon muhim?

Nega "SOVID-19"ga qarshi vaksina olish hamon muhim?
Soʻnggi oylarda dunyoda koronavirus pandemiyasining yangi toʻlqini avj olgan. Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligining maʼlum qilishicha, Oʻzbekistonda ham kuz oylariga nisbatan kasallanishlar soni hozir birmuncha yuqori. Shu bois mutaxassislar COVID-19ga qarshi emlanish hamon dolzarb ekanligini taʼkidlaydi. Oliy toifali shifokor Hilola Jamilovaning taʼkidlashicha, vaksinalar organizmning tabiiy immuniteti bilan birlashib, himoya tizimini hosil qiladi. Bu mustahkam “qalqon” kasallanish xavfini keskin kamaytiradi.
"Vaksina inson tanasiga yuborilgach, organizmning bunga javob reaksiyasi boshlanadi. Yaʼni immunitet tizimi tanaga kirgan “agent”, yaʼni virus yoki bakteriyani aniqlaydi va soʻng antitanalar ishlab chiqarishga kirishadi. Antitanalar — kasallik bilan kurashuvchi tabiiy oqsillar. Ular xastalikni qanday jilovlash kerakligini eslab qoladi. Agar inson kelgusida mikrob taʼsiriga qayta uchrasa va oʻzida kasallik alomatlarini his qilsa, immunitet tizimi uni tezda yoʻq qilishga kirishadi. Bir soʻz bilan aytganda, vaksina tanada infeksiyaga qarshi immunitetni ishlab chiqishga koʻmak beruvchi xavfsiz va samarali vositadir", - deydi shifokor.
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti xulosasiga koʻra, jamoaviy immunitet toʻliq shakllanmay turib, ushbu xavfli kasallikka barham berish imkonsiz. Buning uchun esa butun dunyo aholisining kamida 70 foizi toʻliq bosqichda emlanishi zarur.
Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid