platina.uz
Jamiyat

Magistraturaga kirish uchun qishki qabul boshlanmoqda

Magistraturaga kirish uchun qishki qabul boshlanmoqda
Oʻzbekistonda 2022/2023-oʻquv yili uchun magistratura qishki qabuli boshlanmoqda. Bu haqda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. Tanlovda ishtirok etish istagini bildirganlar 2022 yil 20 dekabrdan 2023 yil 10 yanvarga qadar (shu kuni ham) magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn roʻyxatdan oʻtishlari mumkin. Tanlov natijalari bakalavriat diplomining oʻrtacha ballari asosida aniqlanadi. Maʼlumot uchun, Davlat qabul komissiyasi qaroriga binoan, istisno tariqasida faqat ushbu 2022/2023-oʻquv yili magistratura qishki qabulida xorijiy tilni bilish darajasidan qatʼi nazar sertifikati borlar hujjat topshirishiga ruxsat berilgan. Muhim jihati oʻqishga qabul qilingan talabalar oʻqishi davomida belgilangan tartibda talab etilgan milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatni qoʻlga kiritishi lozim. Aks holda yakuniy davlat attestatsiyasiga ruxsat etilmaydi. Milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid