platina.uz
Jamiyat

Haddan tashqari sovuq va tuman tufayli Andijon aeroporti yopildi

Haddan tashqari sovuq va tuman tufayli Andijon aeroporti yopildi
Haddan tashqari sovuq va tuman tufayli koʻrinish chegarasining pasayishi (50 m) Andijon xalqaro aeroporti faoliyatini cheklab qoʻydi, deya xabar bermoqda "UZBEKISTAN AIRPORTS". Xususan, Andijondagi noqulay sharoitlar tufayli “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining HY049 (Andijon — Samarqand), HY050 (Samarqand — Andijon), HY092 (Andijon — Toshkent) yoʻlovchi reyslari bekor qilindi. Yoʻlovchilarga aeroport rahbariyati tomonidan chipta pulini qaytarish jarayoni haqida maʼlumot berilgan. Andijon aeroporti maʼlumotlariga koʻra, oʻta sovuq tuman ertagacha davom etishi kutilmoqda.
Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid