platina.uz
Jamiyat

Fuqarolarga faqat pasport yoki ID-karta bilan davlat pensiyasi tayinlanishi mumkin (video)

Fuqarolarga faqat pasport yoki ID-karta bilan davlat pensiyasi tayinlanishi mumkin (video)
Ish staji va ish xaqi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar raqamlashtirilgan fuqarolarga faqat pasport yoki ID-karta bilan davlat pensiyasi tayinlanishi mumkin. Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi boshqarma boshligʻi Kamoliddin Hojibekov maʼlum qildi. [video width="640" height="360" mp4="https://platina.uz/wp-content/uploads/2022/12/320981524_3324529301105209_8094719311986779638_n.mp4"][/video] Maʼlumotlar toʻliq yoki qisman raqamlashtirilgan, mehnat faoliyatini davom ettirayotgan fuqarolar ish joyida kadrlar boʻlimiga murojaat qilib, mehnat daftarchasi hamda diplom maʼlumotlarini “Yagona milliy mehnat tizimi” (YaMMT) idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga kiritishni talab qilishingiz hamda toʻgʻri kiritilganligi boʻyicha tekshirib chiqishingiz soʻralmoqda. Mehnat faoliyatini tugatgan fuqarolar istalgan Bandlikka koʻmaklashish markazlariga murojaat qilishi hamda mehnat daftarchasidagi maʼlumotlarni “Yagona milliy mehnat tizimi” (YaMMT) idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga kiritish xizmatidan foydalanish huquqiga ega. (Ushbu xizmat bepul amalga oshiriladi).
© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid