platina.uz
Jahon

BMT Bosh kotibi 2023 yilda Ukrainadagi urushni tugashini prognoz qildi

BMT Bosh kotibi 2023 yilda Ukrainadagi urushni tugashini prognoz qildi
BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish 2023 yilda urush tugashini maʼlum qildi. Bu haqda BBC xabar berdi. «Yaqin kelajakda samarali tinchlik muzokaralari boʻlishi mumkinligiga optimistik emasman. Men harbiy qarama-qarshilik davom etishiga ishonaman va jiddiy tinchlik muzokaralari imkoni boʻlguncha hali kutishimiz kerak deb oʻylayman», — dedi u matbuot anjumanida. Guterrishning soʻzlariga koʻra, BMT asosiy eʼtiborni boshqa jihatlarga qaratmoqda – gʻalla bitimi samaradorligini oshirish va asirlar almashinuvini tezlashtirish. Shu bilan birga, BMT Bosh kotibi 2023 yilda Ukrainadagi urushni tugatishga erishish mumkin, deb hisoblaydi. «Yaqin kelajakda tinchlik muzokaralari uchun imkoniyatlar koʻrmayotganimni aytganimda, butun 2023 yilni nazarda tutmadim. 2023 yilda tinchlikka erisha olamiz, deb umid qilaman», - dedi Guterrish.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid