platina.uz
Jahon

AQSh Ukrainaga 44,9 mlrd dollar ajratishi mumkin

AQSh Ukrainaga 44,9 mlrd dollar ajratishi mumkin
AQSh Kongressiga 2023-moliyaviy yil uchun 1,7 trillion dollarlik qonun loyihasi kiritildi. Bu haqda Reuters maʼlum qildi. Xabarda aytilishicha, qonun loyihasida Ukraina va NATOdagi ittifoqchilarga 44,9 milliard dollar yordam koʻrsatish koʻzda tutilgan. Ushbu yordam oldinroq taqdim etilgan 858 milliard dollarlik mudofaa byudjetining bir qismi hisoblanmaydi. Ukrainaga yordam quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha koʻrsatilishi kutilmoqda:
  • harbiy uskunalarga — 14,5 milliard dollargacha;
  • taqdim etilgan uskunalar zaxiralarini toʻldirishga — 12 milliard dollar;
  • oʻqitish, kiyim-kechak, qurollanish, logistika va razvedkadagi yordam uchun — 9 milliard dollar;
  • iqtidosiy va byudjet qoʻllab-quvvatloviga — 13 milliard dollar;
  • ukrainalik qochqinlarni joylashtirish, qoʻllab-quvvatlash va ingliz tili darslari uchun — 2,4 milliard dollar;
  • Ukrainada yuz berishi mumkin boʻlgan ehtimoliy yadroviy va radiatsion mojarolarga tayyorgarlik koʻrishga — 126 million dollar.
Senatorlar qonun loyihasini qabul qilishga va yopilishning oldini olish uchun hafta oxirigacha prezident Jo Baydenga imzolash uchun yuborishga shoshilishmoqda. 2022-moliya yilida AQSh byudjeti loyihasiga 1,5 trillion dollar kiritilgan.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid