platina.uz
Jahon

Afgʻonistonda nomaʼlum kasallik sabab ikki bola vafot etdi

Afgʻonistonda nomaʼlum kasallik sabab ikki bola vafot etdi
Afgʻonistonning Zobul viloyatida nomaʼlum kasallikka chalinish holati keskin oshdi. Bu haqda Tolo News'ga tayanib, «RIA Novosti» xabar berdi. Maʼlum boʻlishicha, 80 ga yaqin odam xastalikka chalingan, jumladan, ikki bola halok boʻlgan. Zobul viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi Abdul Hakim Hakimiyning aytishicha, kasallik Shohjoy tumanida aniqlangan. Kasallikka chalinganlar yuqori isitma va burundan qon ketish kabi alomatlarni boshdan kechirgan. Ammo shifokorlar haligacha kasallikning aniq tashhisini qoʻya olganicha yoʻq.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid