platina.uz
Jamiyat

Yevrosiyo kinofestivalida oʻzbekistonlik kinoijodkorlar taqdirlandi

Yevrosiyo kinofestivalida oʻzbekistonlik kinoijodkorlar taqdirlandi
Qozogʻistonning Olma-ota shahrida 12-18 dekabr kunlari boʻlib oʻtgan XVI “Yevroosiyo” (“Eurasia international film festival”) xalqaro kinofestivali yakunlandi. Unda oʻzbekistonlik bir guruh ijodkorlar ham ishtirok etdi hamda bir qator nominatsiyalar bilan taqdirlanishdi. Xususan kinorejissyor Ali Hamrayev “Markaziy Osiyoda kino sanʼati rivojiga qoʻshgan hissasi uchun” nominatsiyasini qoʻlga kiritgan boʻlsa, kinorejissyor Qamara Kamalova “Yoʻl boʻlsin” badiiy filmi uchun hakamlar hayʼatining maxsus mukofotiga loyiq koʻrildi. Shuningdek Oʻzbekiston Kinematografiya agentligi Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov “Yevrosiyoda festival harakatini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun” maxsus sovrini bilan taqdirlandi. Shu bilan birga festival doirasida Oʻzbekiston Kinematografiya agentligi Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov Qozogʻiston Respublikasi Madaniyat va sport vaziri oʻrinbosari Nurkisa Dauyeshov, Qozogʻiston Kinematografiyani rivojlantirish markazi direktori Yesetjan Kosubayev va “Kinopark” eng yirik kinoteatrlar tarmogʻi rahbari Yerlan Buxarbayev bilan uchrashuvlar oʻtkazdi. Uchrashuvlar davomida oʻzaro hamkorlikda olinadigan kino loyihalar, kino sanʼati va sanoatining boshqa yoʻnalishlarida amalga oshiriladigan ishlar boʻyicha muhokamalar boʻldi. Taʼkidlanishicha, “Yevroosiyo” xalqaro kinofestivali Qozogʻistondagi 1998 yilda tashkil etilgan boʻlib, u Xalqaro kinoprodyusserlar uyushmalari federatsiyasi (FIAPF) tomonidan akkredetatsiyadan oʻtgan. U ikki yillik tanaffusdan keyin yana qayta oʻz ishini boshladi. Oʻtgan yillarda ushbu festivalga Kim Ki Duk, Emir Kusturitsa, Jan Klod Van Damm, Mikele Plachido, Katrin Denev hamda Vinsen Kassel kabi dunyo kino yulduzlari tashrif buyurgan.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid