platina.uz
Jamiyat

Qasim-Jomart Toqayev Oʻzbekistonga keladi

Qasim-Jomart Toqayev Oʻzbekistonga keladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev joriy yilning 21-22 dekabr kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatimizda boʻladi. Bu haqda Prezident rasmiy sahifasida xabar berildi. Tashrif dasturiga muvofiq, oliy darajadagi muzokaralarda ikki tomonlama va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar muhokama qilinadi. Sammit kun tartibidan Oʻzbekiston-Qozogʻiston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish, oʻzaro savdo hajmini oshirish, sanoat kooperatsiyasi boʻyicha oʻzaro manfaatli qoʻshma loyihalarni ilgari surish, qishloq xoʻjaligi, transport va logistika sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish, faol hududlararo va madaniy-gumanitar almashinuvlarni davom ettirish kabi asosiy masalalar oʻrin olgan. Davlat rahbarlari bir qator yirik investitsiya loyihalarini boshlab berishi rejalashtirilmoqda. Uchrashuvlar yakunida amaliy hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha ikki tomonlama bitimlarning salmoqli toʻplamini qabul qilish koʻzda tutilgan.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid