platina.uz
Jamiyat

Qashqadaryoda Spark YTHga uchrab, ikki kishi vafot etdi

Qashqadaryoda Spark YTHga uchrab, ikki kishi vafot etdi
Qashqadaryo viloyatida Spark YTHga uchrab, ikki kishi vafot etdi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi. Maʼlum boʻlishicha, 19 dekabr kuni taxminan soat 07:15 larda xalqaro ahamiyatdagi A-380 “Gʻuzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” avtomobil yoʻlining 73 km.da Koson tuman “Pudina” QFY hududida Mirishkor tumani “Zafarobod” MFYda yashagan haydovchi B.N. boshqaruvida boʻlgan “Spark” rusumli avtomashinani “Qarshi-Koson” yoʻnalishi boʻyicha boshqarib borib, bir yoʻnalishda oldinda harakatlanib borayotgan Koson tumani Mudin qishlogʻida yashovchi M.D. boshqaruvidagi “GAZ-53” rusumli avtomobil bilan YTH sodir etgan. Natijada “Spark” rusumli avtomashinasi haydovchisi B.N. olgan ogʻir tan jarhati bois voqea joyida vafot etgan. Ushbu avtomashina yoʻlovchisi N.S. esa olgan tan jarohatlari bois shifoxonada vafot etgan. Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid