platina.uz
Jamiyat

Qashqadaryoda 23 yoshli ayol oʻzini osib qoʻydi

Qashqadaryoda 23 yoshli ayol oʻzini osib qoʻydi
Ijtimoiy tarmoqlarda Kasbi tumanida 23 yoshli ayol oʻzini osib qoʻyganligi haqida xabar tarqaldi. BU haqda Qashqadaryo prokuraturasi xabar berdi. Aniqlanishicha, joriy yilning 18 dekabr kuni Kasbi tumani tibbiyot birlashmasi tomonidan, ichki ishlar boʻlimiga “Maymanoq” mahalla fuqarolar yigʻinida yashagan 1999 yilda tugʻilgan ayol boʻyin sohasidan strangulyatsion egat shilinmasi koʻrinishidagi jarohati bilan vafot etganligi haqida xabar berilgan. Marhumaning oʻlim sababiga aniqlik kiritish maqsadida tegishli ekspertizalar tayinlangan. Holat boʻyicha Kasbi tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakati olib borilmoqda. Tekshiruvning borishi viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid