platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekistonning 2023 yilga prognoz qilingan byudjet daromadi va qarzi maʼlum qilindi

Oʻzbekistonning 2023 yilga prognoz qilingan byudjet daromadi va qarzi maʼlum qilindi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida 2023 yilga prognoz qilingan byudjet daromadi va qarzi maʼlum qilindi. Moliya vaziri Timur Ishmetov oʻz maʼruzasida kelgusi yilda byudjet daromadi va qarz miqdorlariga toʻxtalib oʻtdi. Taʼkidlanganidek, qonun loyihasi va Byudjetnomada yalpi ichki mahsulotning oʻsish surati 5,3 foiz miqdorda boʻlishi nazarda tutilmoqda. Xususan, sanoat ishlab chiqarish hajmi 5,1 foiz, qurilish 6,0 foiz, qishloq xoʻjaligi 3,5 foiz, xizmatlar sohasi 6,7 foizga ortishi kutilmoqda. 2023 yilda mamlakatning yalpi ichki mahsuloti 1068,0 trillion soʻmni, Davlat byudjeti daromadlari 232,1 trillion soʻm yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 21,7 foiz darajasida boʻlishi kutilmoqda. 2023 yildan boshlab konsolidatsiyalashgan byudjet taqchilligining cheklangan mikdori yalpi ichki mahsulotga nisbatan 3 foizdan oshmasligi belgilanmoqda. Davlat byudjetining xarajatlari (davlat maqsadli jamgʻarmalariga ajratiladigan transfertlar bilan birga ) 257,7 trillion soʻmni, yalpi ichki mahsulotga nisbatan 24,1 foizni yoki 2022 yil kutilayotgan ijroga nisbatan 18,9 trln. soʻmga ortishi prognoz qilinmoqda.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid