platina.uz
Sport

Oʻzbekistonlik kikbokschilar Osiyo chempionatida 24 ta medal qoʻlga kiritdi

Oʻzbekistonlik kikbokschilar Osiyo chempionatida 24 ta medal qoʻlga kiritdi
Tailandning Bankok shahrida sportning kikboksing turi boʻyicha Osiyo chempionati oʻtkazildi. Bu haqda Oʻzbekiston kikboksing assotsiatsiyasi xabar berdi. Musobaqaning 18 dekabr kungi natijalarida 6 nafar oʻzbekistonlik sportchilar Osiyo chempionligiga erishdi Osiyo chempionlari va oltin medal sohiblari:
  • Davlatbek Abdumurotov – 67 kg;
  • Sergey Kosolapov – 69 kg;
  • Nazarbek Mahmudov – 51 kg;
  • Hasanxon Baratov – 91 kg;
  • Murodbek Azimov – 91 kg;
  • Husanxon Baratov – 91 kg.
Shu tariqa, Osiyo chempionatida Oʻzbekistondan 22 nafar sportchi 27 ta yoʻnalish boʻyicha qatnashdi. Kikbokschilarimiz 24 ta medalni qoʻlga kiritdi. Shundan 10 tasi oltin, 9 tasi kumush, 5 tasi bronza medalidir. Shuningdek, 3 nafar oʻzbekistonlik sportchilar, yaʼni Zarifjon Istamov (60 kg), Sergey Kosolapov (69 kg), Malika Choriyeva (65 kg) keyingi yilda Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodda boʻlib oʻtadigan Jahon jang sanʼati oʻyinlarida ishtirok etish yoʻllanmasiga ega boʻldi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid